Yangiliklar

.

Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida davra suhbati o'tkazildi

5-avgust 2026-yil
image

Xabaringiz bor, ta’lim muassasalarida sifatli ta’lim berish bilan bir qatorda ularni o‘zbekona qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, joriy yilning 5-avgust kuni Andijon shahridagi "Al-Xorazmiy" nomidagi ixtisoslashgan maktab-internatida, shahardagi ta'lim maskanlari ma'naviyatchilari uchun "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Davra suhbati davomida Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi ma'sul xodimi J.Meliqoʻyev hamda Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig’i o'rinbosari G.Omonovalar tomonidan maktablardagi yoshlar ma’naviyati bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, yosh-avlodni yot mafkuralardan himoya etish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik kabi salbiy illatlarga qarshi kurashda ta'lim vakillari jonbozlik ko‘rsatishligi zarur ekanligi alohida ta’kidlandi.

andijonvmmtb@uzedu.uz
@andijon.mmtb
@and_mmtb
/and_mmtb