Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

ANDIJONDA O‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH MAVZUSIDA RESPUBLIKA SEMINARI TASHKIL ETILDI

24-fevral 2023-yil
image

ANDIJONDA O‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH MAVZUSIDA RESPUBLIKA SEMINARI TASHKIL ETILDI 

Xabaringiz bor, yurtboshimiz tomonidan umumta’lim maktabi o‘quvchi-yoshlarini "Hayot maktabi"ga tayyorlash, bitiruvchilar maktabni 2 ta xorijiy tilni o‘zlashtirgan holda kamida bitta hunarni o‘rganib tamomlashlari yuzasidan qator tashabbuslar ilgari surildi.

Mazkur tashabbuslar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha  va maktab ta’limi vazirligi, Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti va Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlikda “O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishning zamonaviy mexanizmlarini rivojlantirishda fan va maktab hamkorligi” mavzusida Respublika seminari bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori, T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori va professorlar tomonidan tuman(shahar) maktab psixologlariga o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘altirishning ilmiy jihatdan afzalliklari bo‘yicha tushunchalar berildi.

andijan_vxtb@xtv.uz
@andijonvxtb
@and_vxtb
/andijonvxtb