Yangiliklar
MAKTABDAN KATTA HAYOTGA QADAM QO‘YAYOTGAN YOSHLAR BILAN MULOQOT...
3-mart 2023-yilMAKTABDAN KATTA HAYOTGA QADAM QO‘YAYOTGAN YOSHLAR BILAN MULOQOT...
Mamlakatimizda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qo‘yishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijon shahridagi 5 va 48-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bo‘lib, 11-sinf bitiruvchilari hamda ularning ota-onalari bilan muloqot o‘tkazdi.
Jarayonda viloyat rahbari yoshlarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish masalasiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilayotganligi xususida atroflicha fikr-mulohazalar bildirdi.
Shuningdek, o‘quv-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish, o‘qituvchilarning jamiyatdagi mavqeyini yuksaltirish orqali ta’lim sifatini oshirish va bu borda ustozlar oldidagi vazifalar haqida so‘z yuritdi.
Maktab bitiruvchilarini ta’limning keyingi bosqichiga jalb etish, kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash muhim jihatlardan ekanligini ta’kidlab, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida misollar asosida so‘z yuritdi.
Birituvchilar bilan muloqoti davomida ularning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarib, qo‘lida hunari bor bir guruh bitiruvchilarga tikuv va qandolatchilik dastgohlarini topshirdi.
Shuningdek, barcha o‘quvchilarga omad tilab, ularni doimo qo‘llab quvatlanshini bildirdi.