Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Muhtarama ustozlar, aziz opa-singillar!

6-mart 2023-yil
image

Muhtarama ustozlar, aziz opa-singillar!

Sizni va  sizlarning timsolingizda barcha onaxonlarimiz, opa-singillarimiz, dilbar qizlarimizni “8 mart– Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati chin yurakdan muborakbod etaman.

Ayol nafosati, vafo va sadoqati, aql-zakovati va fidoyiligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos bo‘lib kelmoqda. 

Shu sabab dunyodagi eng buyuk san’at asarlari, qo‘shiq va qasidalar, me’moriy obidalar ayollar sha’niga bag‘ishlangandir.

Ayniqsa xalq ta’limi tizimida mehnat olib borayotgan Siz va siz kabi muhtarama ayollarimiz nafaqat farzand tarbiyasi balki mamlakatimizning kelajagi bo‘lgan yoshlarimizni barkamol bo‘lib yetishishlari yo‘lida ko‘rsatayotgan xizmatingiz - ayni jasoratdir.

Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Ayol baxti – xalqning va jamiyatning bahti” –deya ta’kidlangan purmano so‘zlardan ibrat olib, har biringizga baxtu-saodat, oilaviy hotirjamlik va mashaqqatli kasblaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolaman.

Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Gulhayoxon Omonova

andijan_vxtb@xtv.uz
@andijonvxtb
@and_vxtb
/andijonvxtb