Yangiliklar
Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi yurtimizdagi ilg‘or xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan uzviy hamkorlik ishlarini olib bormoqda
15-mart 2023-yilAndijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi yurtimizdagi ilg‘or xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan uzviy hamkorlik ishlarini olib bormoqda
Maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilash, o‘quvchilarni xorijiy tillarni o‘zlashtirish salohiyatini oshirish maqsadida Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi yurtimizdagi ilg‘or xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan uzviy hamkorlik ishlarini olib bormoqda.
Xususan, Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi hamda Farg‘ona shahridagi Koreya-O‘zbekiston xalqaro universiteti bilan tuzilgan hamkorlik memorandumiga asosan viloyatimizdagi ta’lim muassasalari bitiruvchilari ularning ota-onalari bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning 14-15 mart kunlari Andijon shahri va Andijon tumanidagi maktablarga mazkur universitetning yetuk xorijiy mutaxassislari tashrif buyurib, koreys tili va yangi avlod kasblari bo‘yicha kerakli ma’lumot va tavsiyalarni berib o‘tdi.