Yangiliklar
ANDIJONDA VAZIR JAMGʻARMASI USTAMASI UCHUN O‘TKAZILAYOTGAN TANLOVNING IKKINCHI BOSQICHI BOSHLANDI
16-mart 2023-yilANDIJONDA VAZIR JAMGʻARMASI USTAMASI UCHUN O‘TKAZILAYOTGAN TANLOVNING IKKINCHI BOSQICHI BOSHLANDI
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi “Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga ko‘ra, 2022-yil dekabr oyida Jamg‘arma xisobidan har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarni saralash sinovlarining dastlabki bosqichi bo’lib o‘tgan edi.
Joriy yilning 16-mart kuni Andijon shahridagi 13-umumta’lim maktabida tanlovning 2-bosqichiga yo'llanma olgan viloyatdagi 93 nafar pedagoglarning 30 nafari o’z ta’lim metodlari bo'yicha tayyorlagan taqdimotlarini hakamlar hay’atiga taqdim etdilar. Tanlov ikkinchi kunida 60 nafar ustozlarimiz ishtirok etadilar.
Eslatib o‘tamiz, eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga joriy yilning aprel oyidan boshlab, 9 oy davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida (bugungi kunda 5 million so‘m) har oylik ustama to‘lanadi.