Tahliliy ma'lumotlar
Аndijon viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi tizimining 2024-yil yanvar-avgust oylarida amalga oshirgan ishlar boʼyicha tahliliy maʼlumotlar
Barchamizga maʼlumki, qayta uygʼonish, qayta tiklanish, yuksalish deb atalmish – “Renessans”ni amalga oshirishda taʼlim-tarbiya muhim oʼrin tutadi.
Shu maqsadda, hurmatli Prezidentimiz boshchiligida oldimizga ulkan maqsadlarni qoʼyib, ularga erishishning eng muhim omili sifatida taʼlim-tarbiya sohasiga katta eʼtibor qaratmoqdamiz.
Jumladan, qisqa muddatda maktabgacha taʼlim, oliy va oʼrta maxsus taʼlim tizimida muhim oʼzgarishlar amalga oshirildi. “Yangi Oʼzbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi” degan shior asosida maktab taʼlimini rivojlantirish umumxalq harakatiga aylandi.
Bu haqda gapirganda, oxirgi yetti yilda 21 ta yangi maktab,
8 ta bogʼcha qurilgani, 428 ta taʼlim muassasalari (shundan,
163 ta maktablar, 265 ta bogʼchalar) rekonstruktsiya qilindi va 199 ta taʼlim muassasalari (shundan, 127 ta maktablar, 72 ta bogʼchalar) mukammal taʼmirlanib, tubdan taʼmirlangani va jihozlanganini aytib oʼtishim lozim.
Viloyatimizda 2017 yilda 3-7 yoshli bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrovi atigi 24,6 foizni tashkil etgan boʼlsa, oʼtgan davr mobaynida amalga oshirilgan ijobiy ishlar natijasida viloyatimizdagi 246 ming 709 nafar bolajonlarning bogʼchalarga qamrab olinib, qamrov koʼrsatkichimiz 84,8 foizga yetdi.
Qolaversa, mamkalatimizda mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi zamonaviy Prezident maktablari, ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablari barpo etilib, iqtidorli oʼquvchilarimiz uchun xaqiqiy bilim maskani boʼlib xizmat qilmoqda.
Viloyatimizda joriy yilning oʼzida esa, 35 ta umumiy oʼrta taʼlim maktablari va 10 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarida qurilish-taʼmirlash hamda zamonaviy koʼrinishda jihozlash ishlarini amalga oshirdik. Mazkur maqsadlarga 281,2 mlrd. soʼm byudjet mablagʼlar yoʼnaltirildi.
Bugungi kunda, viloyatimizda 801 ta umumiy oʼrta taʼlim
(765 ta umumtaʼlim, 14 ta ixtisoslashtirilgan, 1 tadan Prezident va ijod maktab) faoliyat olib bormoqda, ularda 597 ming 513 nafar oʼquvchilarga 47 mingdan ortiq pedagoglar taʼlim berib kelmoqda.
Yangi oʼquv yilidan yana 67 ming 380 nafar 1-sinf oʼquvchilari qabul qilinishi kutilmoqda.
Ularga 12 turdagi oʼquv qurollaridan iborat “Prezident sovgʼa”lari va darslik toʼplamlari keltirilib oʼquv yilining birinchi kunida tantanali ravishda ularga topshiriladi.
Shu bilan birgalikda, yangi oʼquv yili oldidan 6 ming
890 nafar kam taʼminlangan oila farzandlariga viloyat va tuman, shahar hokim oʼrinbosarlari hamda tashkilot rahbarlari biriktirilib, yangi oʼquv yili oldidan maktab formalari va oʼquv qurollari bilan taʼminlandi.
Mana bugungi shodiyonada bayram sovgʼasi sifatida
95 komplekt kompyuter jamlanmalari, 7 turdagi jami 5 ming 355 ta musiqiy asboblar toʼplami hamda 5 turdagi 32 ming
113 ta sport inventarlaridan iborat “Sovgʼalar karvoni” maktablarga yoʼl olmoqda.
Yuqorida keltirilganidek, maktablar infratuzilmasini yanada yaxshilash va qulay taʼlim muhitini yaratish masalalaridagi amaliy ishlarni izchil davom ettiramiz.
2024 yilda viloyatdagi umumtaʼlim maktablarini
33 ming 784 nafar 11-sinf bitiruvchilar tamomladi. Bugungi kunda ularning 27 ming 21 nafari yoki 80 foizining bandligi taʼminlandi.
Bitiruvchilarning 10 ming 562 nafari (31,4%) oliy taʼlim muassasalariga oʼqishga qabul qilindi. (2023 yilda 30 foiz).
Shundan 6 ming 112 nafari (18,2%) DTM test sinovi va kasbiy (ijodiy) imtihon natijalariga asosan (2023 yilda 5 ming 943 nafar 24,3%);
- 3 ming 868 nafari (11,5%) Oʼzbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalariga (2023 yilda 3 ming
119 nafar);
- 582 nafari (1,7%) Xorijiy oliy taʼlim muassasalarida oʼqish imkoniyatiga ega boʼldi (2023 yilda 701 nafar).
Hozirda Respublikadagi xususiy va xorijiy oliy taʼlim muassasalariga qabul davom etmoqda.
Bilim va malakalarni baholash agentligi (DTM) tomonidan eʼlon qilingan natijalar tahlil qilib chiqildi.Test sinovlarida ishtirok etgan 23 ming 924 nafar bitiruvchilarning 6 ming 112 nafari (25,5%) ijobiy natija koʼrsatib, OTMlarga oʼqishga qabul qilindi.
Shundan 1 ming 485 nafari davlat granti, 4 ming 627 nafari kontrakt asosida oʼqish imkonini qoʼlga kiritdilar.
Baliqchida 618 nafar (32,2%), Boʼstonda 193 nafar (30,8%), Ulugʼnorda 159 nafar (30,3%), Buloqboshida 367 nafar (30%) nisbatan yuqori natija boʼlsa
Oltinkoʼlda 357 nafar (22,6%), Аndijon tumanida
432 nafar (21,3%), Аndijon shahrida 533 nafar (20,6%) ni tashkil etib, viloyat koʼrsatkichidan past.
Qoʼrgʼontepa 46-sonli (81,8%), Paxtaobod 16-sonli (61,8%), Ulugʼnor 10-sonli (61,3%), Shahrixon 49-sonli (60%),
Boʼston 25-sonli (57,1%), maktab bitiruvchilari oliy taʼlim muassasalariga kirishda yuqori natija koʼrsatgan.
Biroq, viloyatdagi 22 ta maktabning birorta xam oʼquvchisi oliy taʼlim muassasalariga kira olmagan. (2023 yilda 29 ta).
Bular, Аndijon sh. 21-,25-,29-sonli, Аndijon t. 35-,46-sonli, Аsaka t. 42-,61-sonli, Izboskan t. 47-sonli, Jalaquduq t. 6-sonli, Marhamat t. 17-,34-,43-sonli, Oltinkoʼl t. 20-,35-,43-sonli, Qoʼrgʼontepa t. 19-,44-sonli, Shahrixon t. 7-,15-,27-,67-sonli, Ulugʼnor t. 16-sonli maktablar.
Eʼtiborlisi shundaki, Аndijon tumanidagi 46-sonli, Shahrixon tumanidagi 67-sonli umumtaʼlim maktablaridan oʼtgan 2023 yilda ham birorta bitiruvchi test imtihonlaridan oʼta olmagan edi.
Ushbu maktabdagi direktor va zam direktorlarini ishda qolish qolmaslik masalalarini boshqarma boshligʼi Oʼ.Shukurov koʼrib chiqsin.
Qolgan, 4 ming 590 nafar (14%) bitiruvchilarning bandligi taʼminlash choralarini koʼrilmoqda.
Oʼquvchilarni maktablarda ikkita xorijiy til va bitta kasbga oʼrgatish hamda 11-sinfni "Hayot maktabi" etib belgilab, ularni daromad topadigan ish bilan taʼminlash maqsadida viloyatdagi 16 ta maktablarda kasbga oʼqitish ustaxonalari tayyor holga keltirilib, tadbirkorlar jalb etilgan holda faoliyat boshladi.
Shuningdek, 2023-2024 oʼquv yilida boshlab viloyatda 32 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablar oʼquv dasturi, baholash tizimi asosida tajriba sinov tariqasida joriy etildi. Mazkur baholash tizimi oʼquvchilarni bilim olishlariga ijobiy taʼsir koʼrsatganligi sababli joriy oʼquv yilidan qoʼshimcha 64 ta maktablarda choraklik-summativ baholash tizimi yoʼlga qoʼyiladi.
Mazkur harakatlarninig barcha bolajonlarni sifatli taʼlim olishlari hamda jonajon yurtimizga foydasi tegadigan yetuk kadr boʼlib yetishishi uchun amalga oshirilmoqda.